22:47 / 26.12.2018
13228

Mirjalol Qosimov: «Terma jamoaga murabbiy bo‘lganim xato emas, tajriba edi»

Bundan 10 yil oldin, o‘sha vaqtlarda «Quruvchi» deb atalgan yangi jamoa «Paxtakor»ning uzoq yillik gegemoniyasiga barham berib, ilk marotaba O‘zbekiston chempioni bo‘lgan edi. Klubga sentabr oyiga qadar Mirjalol Qosimov ustozlik qilgan, u jamoani OChLda debyutdayoq yarim finalga qadar boshlab borgach, o‘rniga braziliyalik Ziko olib kelingan edi. Shundan so‘ng o‘zbek futboli afsonasining O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi sifatidagi sarguzashtlari boshlangan.

Ana shu voqealarga ham 10 yil to‘ldi. Oradan ancha suvlar oqib o‘tdi; yutuqlar ham bo‘ldi, xatolar ham. U hozir, o‘zi aytganidek, o‘n yil oldingi Mirjalol emas.

Mover`da ko‘rish (TAS-IX)

YouTube`da ko‘rish

«Bizning ishimiz shunaqa. Xato qilmasak, nimadandir o‘rganishimiz kerak-ku. Lekin o‘sha boshlayotgan paytimdagi Mirjalol emasman. Birinchidan, yoshim yanada ulg‘aydi. Ikkinchidan – yillar davomida keladigan tajriba. Baribir nimadandir boshlash kerak.

Boshlagan Mirjalol bilan hozirgisi o‘rtasida juda katta farq bor. Yiqildim, qoqildim, har xil gap ham eshitdim, to‘g‘ri qabul qildim ham, qabul qilolmagan paytlarim ham bo‘ldi. Xatolarning bo‘lishi – normal holat. Oldin jig‘ibiyron bo‘lib ketardim, hozir bu narsaga biroz boshqacha qarayman», – deydi u.

Intervyuda Qosimovdan o‘zini qay toifa murabbiy deb hisoblashi, jahon futbolida qaysi mutaxassislardan o‘rnak olishga harakat qilishi, o‘ziga ustozlik murabbiylarning qaysi biriga ko‘proq ma'noda shogird ekani haqida so‘radik. Klub futboli va terma jamoadagi faoliyatning ayrim jihatlari ham suhbatimiz mavzusiga aylandi. Shu o‘rinda ma'lumot uchun, intervyu Mirjalol Qosimov OKMK klubiga bosh murabbiy etib tayinlanishidan oldinroq bo‘lib o‘tgan edi.

Eslatib o‘tamiz, intervyuning birinchi qismi Qosimovning futbolchilik karerasiga bag‘ishlangandi.

Top