17:44 / 26.12.2018
31346

OAV: Qoraqalpog‘istonning Shumanay tumanida quturgan shaqal odamlar va uy hayvonlariga tashlanmoqda

Illyustrativ foto

 Yaqinda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Shumanay tumani Begjap OFY hududida shaqallar qishloqda yashovchilarga tashlangan. Fuqaro Yusup Qurbanov va Anvar Joldasbayevga shaqal tashlanib, tishlab olgan. Natijada ikki fuqaro hozirda Shumanay tumani tibbiyot birlashmasida quturish kasalligiga qarshi davolanmoqda. Bu haqda Makan nashri xabar berdi.

Kar24 saytining xabar berishicha, yuqoridagi ikki kishidan tashqari Shumanay tumanidagi Qarabayli OFYda quturgan shaqal qishloqda yashovchi ayolga tashlanib, tishlab olgan. Ayol zudlik bilan kasalxonaga yetkazilgan. Tekshirish natijasida shaqal quturganligi aniqlangan. Bu haqda Shumanay tumani hokimining o‘rinbosari ma'lumot bergan.

Ma'lumotda aytilishicha, tuman hokimiyati ovchilar guruhini tuzib, quturgan shaqallarni otishni topshirgan. Bundan tashqari, agar kimda-kim shaqalni otib o‘ldirsa 50 ming so‘m va'da qilingan. 

Qo‘shimcha ma'lumot, o‘tgan yili Shumanay tumani Do‘stlik bayrog‘i va Dehqonobod OFYlarda bir guruh bolalarni qashqirlar talagandi.

Makan xabariga ko‘ra, shaqallar uy hayvonlari – tovuqlar, qo‘y-echkilarga tez-tez hujum qilishmoqda.
 
Bu bo‘yicha hali hech qanday rasmiy ma'lumot berilgani yo‘q.

Top