17:47 / 26.12.2018
14440
Reklama

“Turonbank” xizmatlaridan to‘liq 24/7 rejimda foydalanish mumkin

“Turonbank” aksiyadorlik tijorat banki yurtimiz aholisini barcha turdagi bank xizmatlari bilan qo‘llab-quvvatlash orqali faoliyatini yanada takomillashtirmoqda. Natijada bank o‘zining xizmatlari bilan respublikamizning eng chekka hududlarigacha kirib bormoqda. Jumladan, “Turonbank”ning 24/7 rejimida o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish shoxobchalari tarmog‘i tobora kengayishi buning yaqqol misoli.

Foto: Turonbank

Kuni kecha aholiga qulaylik yaratish va zamonaviy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish maqsadida tashkil qilinayotgan shoxobchalarning navbatdagisi poytaxtning Yunusobod va Chilonzor tumanlarida foydalanishga topshirildi.

Zamonaviy bank texnologiyalari bilan to‘liq jihozlangan shoxobchalar orqali fuqarolar kunning istalgan vaqtida bank xizmatlaridan foydalanishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

Foto: Turonbank

Jumladan, bankomatlar orqali fuqarolar plastik kartalaridagi so‘m mablag‘larni naqdlashtirish, infokiosklar orqali turli kommunal to‘lovlar, uyali aloqa operatorlari, shahar telefonlari, kabel televideniyesi, internet xizmati uchun to‘lovlarni amalga oshirish, “Turonbank”dan olingan kreditlarning asosiy va foiz qismini qaytarish kabi amaliyotlarni bajarish mumkin.

Foto: Turonbank

E'tiborga molik jihati, “Turonbank” tomonidan ko‘p funksionallik, avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash bankomatlari ishga tushirildi. Hozirgi kunda respublikaning barcha hududlarida 28 ta valyuta bankomatlari 24/7 rejimida o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, bank filiallari va aholi gavjum joylarda haftaning 7 kunida, 24 soat rejimida aholiga naqd valyuta ayirboshlash xizmatlarini ko‘rsatmoqda.

Shuningdek, “Turonbank” kelgusida 24/7 rejimida o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish shoxobchalarini respublikaning boshqa hududlarida ham ishga tushirish bo‘yicha ish olib borilmoqda.

Moliya bilan ishlab, odamlar haqida o‘ylaymiz!

Foto: Turonbank

“Turonbank” – Barqarorlik belgisi!

Ma'lumot uchun:

Telefon: 95 144-60-00

Veb-sayt: www.turonbank.uz

Telegram: t/me/turonbank.uz

Facebook: fb.com/turonbank

Reklama huquqi asosida

Xizmatlar litsenziyalangan.

Mavzuga oid
Top