16:11 / 27.12.2018
16643

Forbes Hollivudning ortiqcha baho berib yuborilgan aktyorlarini ma'lum qildi

Mettyu Makkonaxi/Foto: Pinterest

Forbes jurnali ekspertlari Hollivudning ortiqcha baho berib yuborilgan aktyorlari reytingini tuzishdi.

Ro‘yxatning birinchi o‘rinida Mettyu Makkonaxi joylashdi. Aktyorning “Qorong‘i minora” filmidagi roli uchun to‘langan har bir dollardan film ijodkorlari bir dollaru o‘n sent daromad olishgan.

Undan keyingi o‘rinda Kristian Beyl (uning "Hokimiyat" filmida olgan gonorarining har bir dollaridan 1 dollar 50 sent kelgan) va Mett Deymon (uning "Dedpul-2"dagi roli uchun to‘lagan har bir dollaridan ijodkorlar uch dollar yetmish sent olishgan) joylashdi.

Xarajatni "qoplaydigan" aktyorlar esa Jyeremi Renner va Mark Ruffalo bo‘ldi. Ularga sarflangan har bir dollar prodyuserlarga mos ravishda 82 dollar 70 sent va 80 dollar 20 sent olib kelgan.

Mavzuga oid
Top