8518.68 USD +5.11

9652.52 EUR +145.42

131.33 RUB +0.92

10847.7 GBP +94.20

12:30 / 27.12.2018 3799

Markaziy bank davlat qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish bo‘yicha auksion natijalarini e'lon qildi

Foto: Markaziy bank

Joriy yilning 26 dekabr kuni Moliya vazirligi Markaziy bank bilan birgalikda O‘RVBda muomala davri 6 oy bo‘lgan (diskontli) umumiy hajmi 200 mlrd.so‘mlik 200 ming dona davlat qimmatli qog‘ozlarini joylashtirish bo‘yicha auksion o‘tkazildi.

Markaziy bank xabariga ko‘ra, auksionda 10ta diler ishtirok etib, ular tomonidan 223 mlrd.so‘m hajmida 239 270 dona raqobatli buyurtmanomalar taklif etildi.

Auktsion davomida 184,1 mlrd so‘m miqdoridagi 197 100 dona qimmatli qog‘ozlar joylashtirildi.

Qimmatli qog‘ozlarning o‘rtacha tortilgan daromadliligi yillik 14,1 foizni tashkil etdi, bunda minimal daromadlik darajasi - 13,7 foizni va chegirish narx bo‘yicha maksimal daromadlilik darajasi - 15,1 foizni tashkil etdi.

Top