10:01 / 28.12.2018
3911

Damashqda BAA elchixonasi qayta ochildi

Foto: REUTERS/Omar Sanadiki

BAAning Suriyadagi elchixonasi 6 yillik tanaffusdan keyin Damashqda o‘z ishini boshladi. Elchixona Suriyadagi ixtilof sababli 2012 yilda yopilgan edi. 

Joriy hafta davomida elchixona binosida ta'mirlash ishlari olib borilgan.

BAA 2012 yilda elchixonasini yopib, o‘z elchisini ortga chaqirtirib olgandi. BAA arab davlatlari orasida Suriyadagi elchixonasi ishini tiklaydigan ilk davlat bo‘ldi. Avvalroq Suriya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Faysal Mikdad Damashq BAA elchixonasi ishi tiklanishini olqishlashini aytgan. 

Suriyada 2011 yilda boshlangan ixtilof vaqtida 30 dan ko‘proq davlat ushbu mamlakatdagi elchixonalarini yopgan yoki Bayrutga ko‘chirgan. 

Top