10:50 / 28.12.2018
62992
Eng kam oylik ish haqi belgilash va pensiya tizimini qayta ko‘rib chiqish kerak - Prezident

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev parlamentga navbatdagi Murojaatnomani taqdim etmoqda. 

Prezident yig‘ilish davomida eng kam ish haqi miqdorini belgilashni qayta ko‘rib chiqish hamda pensiya tizimini tubdan isloh qilish zarurligi haqida gapirdi.

«Eng kam ish haqini belgilash tizimini qayta ko‘rib chiqish, soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni eng kam ish haqiga bog‘lab qo‘yish tartibini bekor qilish kerak. Bu mutlaqo noto‘g‘ri tizim», dedi prezident.

Yaqinda ushbu masala bo‘yicha Prezident farmoni qabul qilingandi. Unga ko‘ra 2019 yil 1 yanvardan boshlab ishlaydigan barcha pensionerlarga pensiyalar to‘liq miqdorda to‘lanishi, shuningdek pensiyani hisob-kitob qilish uchun ish haqining maksimal miqdorini eng kam oylik ish haqining 8 barobaridan 10 barobarigacha oshirish bo‘yicha yangi tizim joriy etilishi belgilangandi.

Prezidentning aytishicha, islohotlarning keyingi bosqichida pensiya to‘lovining eng yuqori miqdori bo‘yicha cheklov (eng kam ish haqining 10 baravari) kelajakda butunlay bekor qilinadi.

Top