11:40 / 28.12.2018
23319

Kengashlarga endi hokimlar raislik qilmaydi

Viloyat, tuman va shahar hokimlari mahalliy kengashlarga raislik qilishi amaliyoti bekor qilinadi, deputatlarning vakolatlari kengaytiriladi. Bu haqda prezident Oliy Majlisga murojaatnomasida aytib o‘tdi.

«2019 yilda hokimning ayni vaqtda Xalq deputatlari kengashi raisi sifatida faoliyat ko‘rsatishiga doir tartib bekor qilinishi lozim.

Oliy Majlis palatalari rahbarlariga ikki oy muddatda ushbu masalalarni deputat va senatorlar o‘rtasida hamda joylardagi vakillik organlarida atroflicha muhokama qilib, amaliy choralar dasturini qabul qilish tavsiya etiladi.

Hokim hokimligini qilsin, lekin kengash oldida hisobot bersin. Ikki yil oldin bu gaplar amalga oshmaydigan ishdek ko‘rinardi. Ammo yangi yildan shunday bo‘lishi kerak», dedi prezident.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 2016 yilning 8 dekabrida O‘zbekiston respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan tantanali marosimda so‘zlagan ma'ruzasida hokimlar bevosita xalq tomonidan saylanishini taklif qilgandi.

Top