13:00 / 28.12.2018
33325

Nukusda hamma narsaga ruxsat beramiz - Prezident

Foto: KUN.UZ

Hozirgi vaqtda Orol fojiasi tufayli 5,5 mln gektardan ortiq maydonda Orol qum-sahrosi paydo bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomasida aytildi.

«Orol qum-sahrosi paydo bo‘lgani tufayli har yili 100 mln tonna qum va tuz havoga ko‘tarilmoqda. Orol dengizining suvsiz qolgan yerlarida yashil o‘rmonlar barpo etishga alohida e'tibor bermoqdamiz.

Biz O‘zbekiston tashabbusini qo‘llab-quvvatlagani uchun BMT Bosh kotibi janob Antoniu Guterrish hamda BMTning boshqa institutlaridan, hamkor davlatlardan minnatdormiz. Biz bor kuch va imkoniyatlarimizni ishga solib, Orolbo‘yidagi vaziyatni yaxshilash bo‘yicha harakatlarimizni yanada kuchaytiramiz.

Qabul qilinayotgan maxsus dasturga ko‘ra, Orol dengizining suv osti hududida kelgusi yilning o‘zida yana 500 ming gektar o‘rmonzor barpo etiladi. 

Yaqinda aeroportni ochib, Nukusga katta samolyotni qo‘ndirdik. Nukusda hamma narsaga ruxsat beramiz.

Bir oy ichida ikkita katta zavod ochilyapti. Qoraqalpog‘istonning shahar va qishloqlarida kelajakda yangi qurilishlar amalga oshiriladi. Xususan, Mo‘ynoq tumanida barcha zarur infratuzilmaga ega bo‘lgan shaharcha qurmoqchimiz», - dedi davlat rahbari. 

Top