11:10 / 28.12.2018
19988

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlariga mezbonlik qilishi kerak - Prezident

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning parlamentga murojaatnomasida jamiyatda sog‘lom turmush tarzi va sportni yanada ommalashtirish masalasiga ham alohida e'tibor qaratildi.

Prezident O‘zbekiston kelgusida yozgi Osiyo o‘yinlaridan biriga mezbonlik qilish bo‘yicha istiqbolli reja ishlab chiqish kerakligi haqida gapirdi.

«Mamlakatimizda qishki sport turlari bo‘yicha xalqaro talablar darajasida sportchilar tayyorlashning samarali tizimini yaratish kerak.

Afsuski, hozirga qadar yurtimizda Olimpiya yoki Osiyo o‘yinlari kabi nufuzli sport musobaqalari o‘tkazilmagan.

Kelgusida yozgi Osiyo o‘yinlaridan biriga mezbonlik qilish bo‘yicha harakatlarni boshlashimiz kerak.

Albatta, bu katta marra. Lekin biz bu marraga qodir ekanligimizni ko‘rsatsak, to‘g‘ri bo‘lar edi. Biz shunga munosibmiz desak, bu ham to‘g‘ri.

Bu borada 3 oy muddat ichida tegishli choralarni ishlab chiqiladi», dedi prezident.

Top