12:20 / 29.12.2018
19246
Xorazm viloyati hokimi senator bo‘ldi

Oliy Majlis Senati a'zosi saylovi bo‘yicha 26 dekabr kuni o‘tkazilgan qo‘shma majlis bayoniga asosan Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermanov senator sifatida ro‘yxatga olingan. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi axborot xizmati xabar bermoqda.

30 noyabr kuni Xalq deputatlari Xorazm viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasi vaqtida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tavsiyasiga binoan Xorazm viloyati hokimi vazifasini vaqtincha bajarib kelayotgan Farhod Ermanov Xorazm viloyati hokimi etib rasman tasdiqlangandi.

Farhod O‘rozboyevich Ermanov 1958 yilda tug‘ilgan. Ilgari Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vaziri, Beruniy tumani hokimi lavozimlarida ishlagan. Keyingi yetti oyda u Xorazm viloyati hokimi vazifalarini bajarishda sinovdan o‘tgan. 

Top