13:51 / 30.12.2018
8345

ATB «MIKROKReDITBANK» xizmatlaridan to‘liq 24/7 rejimda foydalanish mumkin

Foto: ATB “Mikrokreditbank”

“Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat banki yurtimiz aholisini barcha turdagi bank xizmatlari bilan qo‘llab-quvvatlash orqali faoliyatini yanada takomillashtirmoqda. Bank o‘zining xizmatlari bilan respublikamizning eng chekka hududlarigacha kirib bormoqda. Jumladan, ATB “Mikrokreditbank”ning  24/7 rejimida o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish shoxobchalari tarmog‘i tobora kengayishi buning yaqqol misoli.

 Foto: ATB “Mikrokreditbank”

Yaqinda aholiga qulaylik yaratish va zamonaviy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish hamda xorijlik mehmonlarga yaqindan xizmat ko‘rsatish maqsadida, Buxoro va Samarqand viloyatlarining markazlarida 24/7 rejimida o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish shoxobchalari foydalanishga topshirildi.

ATB “Mikrokreditbank” tomonidan ko‘p funksionalli, avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash bankomatlari ishga tushirildi. Bugungi kunda respublikaning Toshkent shahar, Samarqand, Buxoro, Xorazm, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida valyuta bankomatlari 24/7 rejimida o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, bank filiallari va aholi gavjum joylarda haftaning 7 kunida, 24 soat rejimida aholiga naqd valyuta ayirboshlash xizmatlarini ko‘rsatmoqda.

 Foto: ATB “Mikrokreditbank”

Mazkur shoxobchalarga o‘rnatilgan bankomatlar orqali fuqarolar kunning istalgan vaqtida plastik kartalaridagi mablag‘larni naqdlashtirish imkoniyatlari yaratildi.

Bundan tashqari, ATB “Mikrokreditbank” kelgusida 24/7 rejimida o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish shoxobchalarini respublikaning boshqa hududlarida ham ishga tushirish bo‘yicha ish olib borilmoqda.

Biz odamlar orasidamiz va ular haqida o‘ylaymiz!

 Foto: ATB “Mikrokreditbank”

MIKROKReDITBANK-MAQSAD SARI DADIL QADAM !

Ma'lumot uchun:

Telefon: (71) 202-99-99 (1054,1056)

Veb-sayt: www.mikrokreditbank.uz

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top