02:20 / 30.12.2018
40425

Cheksiz hashamat va go‘zallik: Xitoydagi eng qimmatbaho uy qanday ko‘rinishda?

Bu uy 149 million dollarga sotilgan. U Xitoy hududida joylashgan eng qimmatbaho uy sanaladi.

1663 akr maydonga ega qasr “Taoxuayuan” deb nomlanib, tarjima qilinganida “Utopiya” yoki “Gullagan shaftolilar yeri” ma'nosini anglatadi. U Dushu ko‘lidagi xususiy orolda joylashgan.

Uyda 32 ta yotoqxona, ko‘l qirg‘og‘idagi hovuz va YuNeSKO yodgorliklari namunasi asosida yaratilgan bog‘lar mavjud.

Qasr uzoqdan ana shunday ko‘rinadi.

An'anaviy xitoycha dizayn inshootning yoshi va haybatini yanada oshiradi. Quyosh nuri yaxshi tushishi uchun 32 ta yotoqxonaning bari qasrning janubiy qismida joylashgan.

Bog‘lar, shuningdek mana bu tumanli ko‘lmak ham Suchjou bog‘lari namunasi asosida yaratilgan.

Maydoni bir necha ming kvadrat metrga teng bo‘lgan qasrni barpo etish uchun 3 yil vaqt sarflangan. G‘ishtlarning bari an'anaviy xitoycha arxitektura va qurilish qonunlari asosida amalga oshirilgan.

Ichki dizaynda an'anaviy sharqiy-osiyocha va zamonaviy uslublar uyg‘unlashtirilganini ko‘rish mumkin.

Uy atrofida ko‘plab ochiq hududlar mavjud bo‘lib, ularda maroqli dam olish mumkin.

Mana buni haqiqiy go‘zallik desa bo‘ladi.

Top