10:07 / 02.01.2019
22852

O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo Kubogiga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo Kubogida ishtirok etish uchun BAAga jo‘nab ketdi.

Bugun, 2 yanvar tongida jamoa a'zolari Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali ravishda kuzatildi.

Video: Youtube

Video: Mover

17-marotaba o‘tkazilayotgan Osiyo Kubogiga 5 yanvardan start beriladi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi 7-marta ishtirok etadi. Ektor Kuper murabbiyligidagi jamoa «F» guruhida Ummon, Turkmaniston va Yaponiya termalari bilan ayni shu ketma-ketlikda bahs olib boradi. Ilk o‘yin 9 yanvar kuni Sharja shahrida Ummon terma jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tadi.

Foto: O‘FA
Foto: O‘FA
Foto: O‘FA

Eslatib o‘tamiz, argentinalik mutaxassis avgust oyi boshida terma jamoani qabul qilib oldi. Sentabr-oktabr oylaridagi FIFA kunla rida Suriya (1:1), Eron (0:1), KXDR (2:0) va Qatar (2:0) terma jamoalariga qarshi Toshkentda o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazildi. Noyabr oyida Avstraliyada yig‘in o‘tkazgan jamoa Livan (0:0) va Janubiy Koreya (0:4) bilan nazorat bahslarida ishtirok etdi.

Shundan so‘ng O‘zbekiston terma jamoasi 15-29 dekabr kunlari Turkiyaning Antaliya shahrida Osiyo Kubogi oldidan so‘nggi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida bo‘ldi. Dastlab, yig‘in doirasida o‘rtoqlik uchrashuvi tashkil etilishi belgilangan edi, ammo yakunda Ektor Kuper bu fikridan qaytgani xabar qilindi. Uning o‘z qarorini o‘zgartirishi ehtimoliy jarohatlar paydo bo‘lmasligi omili bilan izohlandi.

Foto: O‘FA

O‘zbekiston terma jamoasining Osiyo Kubogi uchun tarkibi

Darvozabonlar:
1. Ignatiy Nesterov («Lokomotiv»)
21. O‘tkir Yusupov («Qo‘qon-1912»)
12. Sanjar Quvvatov («Nasaf»)

Himoyachilar:
15. Yegor Krimets («Paxtakor»)
5. Anzur Ismoilov («Lokomotiv»)
3. Doston Tursunov («Renofa Yamaguchi», Yaponiya)
20. Islom To‘xtaxo‘jayev («Lokomotiv»)
13. Oleg Zoteyev («Lokomotiv»)
4. Farrux Sayfiyev («Paxtakor»)
2. Akmal Shorahmedov («Paxtakor»)
6. Davron Hoshimov («Navbahor») 

Yarimhimoyachilar:
23. Odil Hamrobekov («Nasaf»)
9. Odil Ahmedov («Shanxay SIPG», Xitoy)
19. Otabek Shukurov («Sharja», BAA)
18. Fozil Musayev («Jubilo Ivata», Yaponiya)
11. Jaloliddin Masharipov («Paxtakor»)
16. Aziz Turg‘unboyev («Navbahor»)
17. Doston Hamdamov («Anji», Rossiya)
22. Javohir Siddiqov («Qo‘qon-1912»)
8. Ikrom Aliboyev («Seul», Janubiy Koreya)
14. Eldor Shomurodov («Rostov», Rossiya)

Hujumchilar:
10. Marat Bikmayev («Lokomotiv»)
7. Sardor Rashidov («Lokomotiv») 

Foto: O‘FA
Foto: O‘FA
Foto: O‘FA
Foto: O‘FA
Top