13:34 / 02.01.2019
7918
WhatsApp ba'zi smartfonlarda ishlashdan to‘xtaydi
Foto: SS0

WhatsApp messenjeri eskirgan operatsion tizimlarda ishlashdan to‘xtaydi.

Ilova rasmiy saytida xabar berilishicha, 1 yanvardan boshlab Nokia S40 operatsiya tizimli qurilmalarni qo‘llab-quvvatlash to‘xtatildi. Bir yildan so‘ng, 2020 yil fevralida messenjer 2.3.7 va undan yuqori versiyadagi Android qurilmalarda, shuningdek, iOS 7’da ishlashni to‘xtatadi.

Messenjer har yili shunday «tozalashni» amalga oshiradi. O‘tgan yili u Windows Phone 8.0, BlackBerry OS va BlackBerry 10’da ishlashdan to‘xtadi. Undan avval - Nokia Symbian S60’da.

WhatsApp messenjeriga aslida Mark Tsukerbergning Facebook kompaniyasi egalik qiladi.

2019 yildan boshlab ilova zaiflashgan shifrlash bilan ishlaydi. Bu qaror Amerika hukumati talablariga bog‘liq.

Bundan tashqari, WhatsApp’da yaqinda reklama paydo bo‘ladi, shunda kompaniya ommabop messenjerdan foyda ola boshlaydi.

Top