17:44 / 02.01.2019
6892

Xitoy sohili yaqinida Tayvanga qarashli yuk kemasi cho‘kib ketdi

Foto: AP Photo / Bullit Marquez

Xitoyning Chjetszyan viloyati sohili yaqinida Tayvanga qarashli yuk kemasi cho‘kib ketishi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, to‘qqiz kishi bedarak yo‘qoldi, deb xabar berdi Paper nashri.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, kemaning cho‘kib ketishi sababi noma'lum. Voqea yuz bergan paytda uning bortida 15 kishi bo‘lgan.

"London" yuk kemasi Tayvandagi Gaosyun portdan yo‘lga chiqqan va Taychjou shahriga yaqin joyda cho‘kib ketgan.  

Hozirda besh kishi qutqarib olingan bo‘lib, qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda.

Mavzuga oid
Top