12:20 / 03.01.2019
6219

Aguero – «Liverpul» kushandasi

«Manchester Siti» klubi APL 21-turida o‘z maydonida «Liverpul» bilan bahslashadi.

Bu raqibga qarshi o‘yinlar mezbonlar hujumchisi Serxio Aguero uchun har doim omadli kelgan. 

Opta xabariga ko‘ra, Aguero APL doirasida «Liverpul»ga qarshi o‘z maydonida 6 marta o‘ynagan bo‘lsa, ularning har birida gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

«Manchester Siti» - «Liverpul» o‘yini bugun tunda, soat 01:00da boshlanadi.

Mavzuga oid
Top