15:57 / 03.01.2019
6387
Pokistondagi FETO maktablari Turkiya ixtiyoriga topshirildi
Foto: Anadolu

Pokistonda Fathulloh Gulen tashkilotiga (FETO) tegishli bo‘lgan maktablar Turkiya Ma'rifat jamg‘armasi (TMV) ixtiyoriga topshirildi. Bu haqda TMV xabar bermoqda.

Pokiston Oliy sudi qaroriga muvofiq, Pak-Turk ta'lim jamg‘armasi maktablari TMV’ga topshirildi.

2018 yil 28 dekabrda Pokiston Oliy sudi Ichki ishlar vazirligiga Fathulloh Gulen tashkilotini terroristik tashkilotlar ro‘yxatiga kiritish to‘g‘risida majburiyat yukladi. Shuningdek, Pokiston Oliy sudi Gulen tarafdorlarining mamlakatdagi maktablarini Turkiya Ma'rifat jamg‘armasi ixtiyoriga o‘tkazish haqida qaror chiqardi.

Turkiya Qurolli kuchlarining Gulen tashkiloti a'zolari bo‘lgan bir guruh harbiy xizmatchilari 2016 yil 15 iyuldan 16 iyulga o‘tar tunda mamlakatdagi hokimiyatni qo‘lga olishga urinib ko‘rdi. Bu holat mamlakat rahbariyati va huquqni muhofaza qilish idoralari, oddiy fuqarolar harakati tufayli qat'iy bartaraf etildi. 251 kishi halok bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiyada Gulenning jiyani yetti yarim yilga qamalgandi.

Top