15:23 / 03.01.2019
8667

Sulsher: «MYu»dan ketgim kelmayapti»

«MYu» bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher mavsum yakunida klubni tark etishni istamayotgani haqida aytib o‘tdi.

«Albatta, «Manchester Yunayted»dan ketgim kelmayapti. Jamoada ajoyib futbolchilar yig‘ilgan, bu yerdagi muhitga gap bo‘lishi mumkin emas. Hozircha shu yerda ekanman, o‘z ishimni qilishda davom etaman.

To‘rtta o‘yinda g‘alaba qozona oldikmi, demak yana to‘rttasida ham g‘olib chiqa olamiz. Biz bilgan sinovlar va standartlar ana shunday», – degan Sulsherning so‘zlarini keltirmoqda Daily Mail.

Eslatib o‘tamiz, «qizil iblislar» norveg mutaxassisi qo‘l ostidagi dastlabki to‘rt o‘yinning barchasida g‘alaba qozondi, umumiy 14:3 to‘plar nisbatini qayd etdi.

Mankunianliklar keyingi turda 13 yanvar kuni «Tottenhem» mehmoni bo‘lishadi. Ungacha jamoa Angliya Kubogi doirasida 5 yanvar kuni «Riding»ni qabul qiladi.

Top