08:39 / 03.01.2019
56673

Tramp SSSRning parchalanib ketishi sababini aytdi

Foto: EPA-EFE/SHAWN THEW

AQSh prezidenti Donald Trampning Oq uyda o‘tkazilgan yig‘ilishda ma'lum qilishicha, SSSR Afg‘onistonga qo‘shin kiritgani sababli «bankrot bo‘lgan». Bu haqda TASS yig‘ilish translyatsiyasiga tayangan holda xabar bermoqda.

Prezidentning eslatishicha, bundan oldin «Rossiya sovet ittifoqi bo‘lgan». Uning fikriga ko‘ra, sovet qo‘shinlarining Afg‘onistonga kirishi «SSSRdan Rossiyani keltirib chiqardi», sababi sovet ittifoqi bu harbiy kampaniya tufayli «bankrot bo‘lgan».

Trampning qo‘shimcha qilishicha, SSSR Afg‘onistonga qo‘shinlarni bu mamlakatda bo‘lgan terrorchilar sovet ittifoqiga tahdid solgani tufayli kiritgan.

«Bu keskin kurash edi. Ular [SSSR] so‘zsiz bankrot bo‘ldi. Ular sovet ittifoqidan farqli ravishda Rossiya deb atala boshlandi», - deya xulosa qilgan Tramp.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Putin Gorbachyovning raketalar bo‘yicha qarorini tushunmagani, Gorbachyov unga javob qaytargani xabar berilgandi.

Mavzuga oid
Top