08:25 / 04.01.2019
6700

Coca-Cola 4,9 milliard dollarga qahvaxonalar tarmog‘ini sotib oldi

Foto: Getty Images

AQShning Coca-Cola kompaniyasi Britaniyaning Costa Coffee qahvaxonalar tarmog‘ini sotib oldi. Xarid qiymati 4,9 mlrd dollarni tashkil qilgan. 

“Bizga Costa salohiyati va Coca-Cola’ning marketing tajribasi hamda global qamrovi birlashishi evaziga katta imkoniyatlar ochilmoqda”, deb aytgan Coca-Cola bosh direktori Jyeyms Kvinsi.

Xarid haqida 2018 yil avgustida e'lon qilingan. Kompaniya umumiy hisobda Costa’ning 4 mingtaga yaqin qahvaxonasi va qahva donlarini qovurish va distributsiyasi bilan shug‘ullanuvchi korxonalarni oladi.

Coca-Cola ushbu xarid bilan issiq ichimliklar bozoriga chiqmoqchi. Kompaniyada ta'kidlanishicha, bitim Yevropa, Yaqin Sharq, Afrika va Osiyoning 30 dan ko‘proq davlatida ushbu yo‘nalishda faoliyat olib borishga imkon beradi.     

Top