22:54 / 05.01.2019
25462
Osiyo Kubogi mezbonlar uchun muvaffaqiyatsiz boshlandi

Birlashgan Arab Amirliklarida Osiyo Kubogi start oldi.

Musobaqaning ilk o‘yinida A guruhi vakillari BAA va Bahrayn terma jamoalari bellashdi. 

O‘yinning 79-daqiqada Rohaymiy gol urib, mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. 88-daqiqada Ahmad Xalil o‘ta shubhali tarzda belgilangan penaltini (to‘p mehmonlar jarima maydonidan uzoqlashtirilganda avvaliga hakam o‘yinni davom ettirishni ko‘rsatdi, keyin qarorini o‘zgartirib, 11 metrlik nuqtani ko‘rsatdi, u to‘p himoyachilardan birining qo‘liga tekkan deb topdi) aniq amalga oshirib, hisobni tenglashtirdi. Bu natija o‘yin oxiriga qadar o‘zgarmadi.

Guruhning yana bir o‘yinida ertaga Tailand va Hindiston bellashadi.

Osiyo Kubogi
A guruhi, 1-tur
5 yanvar
BAA – Bahrayn 1:1

Gollar: Ahmad Xalil (88 pen) – Romayhiy (79)

 

Top