12:29 / 05.01.2019
12642
O‘zbekistonning eng yaxshi yosh futbolchisi «Navbahor»da qoldi

O‘zbekistonning 2018 yildagi eng yaxshi yosh futbolchisi deb topilgan iste'dodli yarimhimoyachi Oston O‘runov «Navbahor»da qoladigan bo‘ldi.

Futbolchi «lochinlar» bilan 1 yillik shartnomani imzoladi, deb xabar beradi «Navbahor» klubi matbuot xizmati.

O‘tgan mavsumda O‘runov 14 yillik tanaffusdan keyin, «Navbahor»ning bronza medalni qo‘lga kiritishiga o‘zining munosib hissasini qo‘shgandi.

Top