07:38 / 05.01.2019
11888

Tramp AQShda favqulodda vaziyat tartibi kiritilishi mumkinligini aytdi

Foto: REUTERS

AQSh prezidenti Donald Tramp Meksika bilan chegarada devor qurilishini kafolatlash uchun mamlakatda favqulodda vaziyat tartibini e'lon qilishga tayyorligini aytdi.  

Uning aytishicha, agar devor qurilishining kongressni chetlab o‘tgan holda moliyalashtirilishiga erishishning iloji bo‘lmasa, u shunday chorani qo‘llaydi. Tramp va kongressda ko‘pchilikni tashkil qiluvchi demokratlar hozircha bu masala bo‘yicha kelishuvga erisha olishmayapti.

Avvalroq AQShning vakillar palatasi 2019 yil 30 sentyabrgacha byudjyet haqidagi qonun loyihasini ma'qulladi. Unda chegarani qo‘riqlash va himoya qurilmalariga 1,6 mlrd dollar ajratish rejalashtirilgan. Respublikachilar esa devor qurilishiga 5,6 mlrd dollar ajratilishini so‘rashgan edi.  

Top