09:30 / 06.01.2019
7612

Angliya Kubogi. «Arsenal» keyingi bosqichga chiqdi va boshqa natijalar

Angliya Kubogining 1/32 finalida «Arsenala» «Blekpul»ni mag‘lub etdi. Blekpuldagi «Blyumfild Roud» stadionda kechgan o‘yinda londonliklar 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.

O‘yinning 11-daqiqasida Jozef Uillok hisobni ochdi. Birinchi bo‘lim oxirida u dublni rasmiylashtirdi.

82-daqiqada esa Aleks Ayuobi uchinchi golni urdi va jamoasi bilan Angliya Kubogining 1/16 finaliga yo‘l oldi.

Ushbu bosqich doirasida qolgan o‘yinlarda «Bristol Siti» «Xaddersfild Taun»ni (1:0), «Kristal Pelas» «Grimsbi Taun»ni (1:0) mag‘lub etdi, «Norvich Siti» «Portsmut»ga yutqazdi (0:1), «Nyukasl Yunayted» «Blekbern Rovers» uchrashuvida g‘olib aniqlanmadi (1:1). 

Shu vaqtgacha Angliya Kubogining beshinchi bosqichi doirasidagi o‘yinlardan keyin o‘z o‘yinlarida g‘alaba qozongan «Tottenhem», «Byornli», «Vest Hem», «Brayton», «Vest Bromvich», «Manchester Yunayted», «Chelsi», «Everton», «Akkriton», «Jillingem», «Suonsi», «Midlsbro», «Uimbldon», «Brentford» va «Bolton» kabi jamoalar keyingi bosqichga yo‘l olgandi. Endi ular safiga «Arsenal», «Bristol Siti», «Kristal Pelas» va «Portsmut» ham qo‘shildi.

Bu bosqichda durang natija bilan yakunlangan qarama-qarshiliklarda javob bahslari o‘tkaziladi. «Stok Siti» «Shrusberi»ni, «Sheffild» «Luton»ni, «Sauthempton» «Derbi Kaunti»ni, «Nyukasl» «Blekbern»ni birinchi o‘yinda yenga olmadi va masalani javob uchrashuviga qoldirdi.

6 yanvar kuni ushbu bosqich doirasida yana 9 uchrashuv bo‘lib o‘tadi: «Manchester Siti» – «Roterhem», «Vulverhempton» – «Liverpul», «Uoking» – «Uotford», «Fulhem» – «Oldhem», «Milluoll» – «Hall», «Nyuport» – «Lester», «Preston» – «Donkaster», KPR – «Lids», «Sheffild Yunayted» – «Barnet».

Angliya Kubogi, 3-bosqich
5 yanvar
Blekpul – Arsenal 0:3
 (0:2, 0:1)
Gollar: 0:1 – 11 Uillok, 0:2 – 37 Uillok, 0:3 – 82 Ivobi.
Blekpul – Xovard (Mafumbi, 69), O`Konnor, Nottingem, Bola, Deniels, Spiring, Gay, Teylor (Pritchard, 62), Fini, Nyandyuyye (Devis, 83), Delfonzo.
Arsenal – Chex, Papastatopulos, Lixtshtayner, Kolashinats (Medli, 83), Jyenkinson, El-Nenni, Ivobi (Saka, 86), Meytlend-Naylz, Remzi, Uillok, Nketia (Lyakazett, 64).
Ogohlantirishlar: Kolashinats (56).

Bristol Siti – Haddersfild 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 72 Braunxill.
Bristol Siti – Myayenpyaa, Uebster, Xant, Dasilva, Rayt, Morrell, O`Doda, Eliasson (Kalas, 66), Braunxill, Peterson (Teylor, 67), Dediu (Vaymann, 76).
Haddersfild – Xeymer, Leve, Gorents-Stankovich, Yorgensen, Durm, Bakuna (Pritchard, 46), Panchon, Xogg, Kachunga, Depuatr (Mune, 46), Diakabi (Mbenza, 73).

Kristal Pelas – Grimsbi 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 86 Ayyu.
Kristal Pelas – Xennessi, Uord, Denn, Kelli, Ridevald (Ayyu, 68), Taunsend, Shlupp, Zaa, Mayyer, Suare (Kuyate, 36), Serlot (Uikxem, 61).
Grimsbi – Makkioun, Xoll-Djonson, Xendri, Foks, Klifton, Rouz, Xessentaler, Emblton, Vulford (Kuk, 89), Tomas (Vernem, 75), Karduell.
Ogohlantirishlar: Xendri (45), Rouz (74).
Chetlatish: Foks (2).

Nyukasl – Blekbern 1:1 (0:0, 1:1)
Gollar: 0:1 – 56 Dek, 1:1 – 84, penalti Ritchi.
Nyukasl – Vudmen, Sterri, Mankilo, Sher, Lejyen, Merfi (Atsu, 75), Longstaff (Peres, 80), Xeyden (Shelvi, 57), Kenedi, Ritchi, Xoselu.
Blekbern – Rayya, Lenixan, Malgryu, Bell, Trevis, Dek (Uilyams, 85), Bennett, Konuey, Evans, Grem (Brirton, 79), Armstrong (Rid, 70).
Ogohlantirishlar: Ritchi (90).

Norvich – Portsmut 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 90 Grin.
Norvich – Makgovern, Xenli, Tsimmermann, Passlak (Ernandes, 85), Kentuell, Godfri, Tribull, Maklin, Marshall (Kloze, 78), Srbeny (Pukki, 84), Rouds.
Portsmut – Makgillivrey, Donoxyu, Uotmou, Uolks, Lou, Tompson, Neylor, Klark, Evans (Grin, 66), Pitmen, Kertis (Uiler, 90).
Ogohlantirishlar: Lou (55), Kertis (71).
Chetlatish: Xenli (15).

Top