21:50 / 06.01.2019
7989

Angliya Kubogi. «Manchester Siti» 7ta gol urib g‘alaba qozondi va boshqa natijalar

Angliya Kubogining 1/32 finalida «Manchester Siti» chempionship vakili «Roterhem Yunayted»ga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. «Etihad» stadionida kechgan uchrashuvda Xosep Gvardiola shogirdlari 7:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Maydon egalari safida gollarga Rahim Sterling, Filip Foden, Gabriel Jyezus, Riyoz Mahrez, Nikolas Otamendi, Leroy sane mualliflik qilishdi, yana bir gol mehmonlar himoyachisi Oluvasemilogo Adjayi hisobiga avtogol sifatida yozildi. 

Shu tariqa, «Manchester Siti» turnirning 1/16 finaliga yo‘l oldi.

1/32 final doirasidagi boshqa uchrashuvlarda, «Uotford» safarda «Uoking»ni 2:0 hisobida yengdi, «Fulhem» o‘z maydonida «Oldhem Atletik»ga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. 

Shuningdek, «Sheffild Yunayted» «Barnet»ga yutqazdi (0:1), KPR «Lids» ustidan g‘alaba qozondi (2:1), «Preston» va «Donkaster» uchrashuvi mehmonlarning g‘alabasi bilan yakunlandi (1:3), «Milluol» esa «Hall»ni turnirdan chiqarib yubordi (2:1).

Shu vaqtgacha Angliya Kubogining beshinchi bosqichi doirasidagi o‘yinlardan keyin o‘z o‘yinlarida g‘alaba qozongan «Tottenhem», «Byornli», «Vest Hem», «Brayton», «Vest Bromvich», «Manchester Yunayted», «Chelsi», «Everton», «Akkriton», «Jillingem», «Suonsi», «Midlsbro», «Uimbldon», «Brentford», «Bolton», «Arsenal», «Bristol Siti», «Kristal Pelas» va «Portsmut» kabi jamoalar keyingi bosqichga yo‘l olgandi.

Endi ular safiga «Manchester Siti», «Uotford», «Oldhem», «Milluoll», «Barnet», «Donkaster» va KPR ham qo‘shildi.

1/32 final doirasida yana ikki uchrashuv o‘tkaziladi, «Lester» «Nyuport» maydoniga safar qiladi, «Vulverhempton» «Liverpul»ni qabul qiladi.

Bu bosqichda durang natija bilan yakunlangan qarama-qarshiliklarda javob bahslari o‘tkaziladi. «Stok Siti» «Shrusberi»ni, «Sheffild» «Luton»ni, «Sauthempton» «Derbi Kaunti»ni, «Nyukasl» «Blekbern»ni birinchi o‘yinda yenga olmadi va masalani javob uchrashuviga qoldirgan.

Angliya Kubogi
1/32 final
Manchester Siti – Roterhem 7:0
 (3:0, 4:0)
Gollar: 1:0 – 12 Sterling, 2:0 – 43 Foden, 3:0 – 45, avtogol Adjayi, 4:0 – 52 Gabriel Jyezus, 5:0 – 73 Marez, 6:0 – 78 Otamendi, 7:0 – 85 Sane.
Manchester Siti – Ederson, Otamendi, Stounz (Danilo, 75), Uoker, Zinchenko, Foden, Gundo‘g‘an, Mahrez, de Bryuyne (Sandler, 67), Sterling (Sane, 57), Gabriel Jyezus.
Roterhem – Rodak, Adjayi, Mettok, Vayner (Vud, 89), Robertson, Uilyams (Palmer, 90), Volks, Uaylz, Teylor (Redjyett, 74), Ford, Smit.
Ogohlantirishlar: Uaylz (24), Sterling (35).

Uoking – Uotford 0:2 (0:1, 0:1)
Gollar: 0:1 – 13 Xyuz, 0:2 – 74 Dini.
Uoking – Ross, Djyerring, Keysi, Kuk, Teylor (Littl, 60), Edzer (Xodjyes, 70), Koler, Djolli, Loza, Lyuer (Bredberi, 70), Xayd.
Uotford – Gomes, Yanmat, Uilmot, Britos, Mazina, Chaloba, Kleverli, Xyuz (Mark Navarro, 80), Kina, Saksess (Dini, 71), Penyaranda (Sema, 72).
Ogohlantirishlar: Saksess (14), Jyerring (29).

Sheffild Yunayted – Barnet 0:1 (0:1, 0:0)
Gol: 0:1 – 21, penalti Kultxerst.
Sheffild Yunayted – Mur, Frimen, Kreyni, Stirman, Brayan (Bashem, 74), Koutts, Djonson, Dauell, Landstrem (Sharp, 65), Uoshington (Daffi, 58), Klark.
Barnet – Kazns, Reynolds, Aleksander, Djonson, Robson, Adams, Teylor, Elito (Tutonda, 80), Meyson-Klark (Fonguk, 58), Kultxerst (Xarrison, 80), Suini.
Ogohlantirishlar: Koutts (12), Stirman (20), Adams (68), Reynolds (89).

KPR – Lids 2:1 (1:1, 1:0)
Gollar: 1:0 – 23, penalti Ote, 1:1 – 25 Xalme, 2:1 – 75 Biduell.
KPR – Ingrem, Biduell, Xoll, Ferlong, Kakey, Skouen, Kazns, Eze (Smit, 90), Oseyi-Semyuel (Vsholek, 86), Frimen, Ote (Shair, 83).
Lids – Pikok-Farrell, Xalme (Pirs, 46; Temenujkov, 79), Eyling, Devis (Odour, 87), Beyker, Sheklton, Xarrison, Forshou, Alioski, Roberts, Klark.
Ogohlantirishlar: Xalme (20), Ferlong (72), Alioski (84), Beyker (88), Kakey (90).

Fulhem – Oldhem 1:2 (0:0, 1:2)
Gollar: 1:0 – 52 Odoi, 1:1 – 76, penalti Serridj, 1:2 – 88 Leng.
Fulhem – Bettinelli, Rim, Le Marshan, Odoi, Chembers, Seri, Sisse, Kebano (Sessenon, 73), Kerni (Mitrovich, 84), Ayite, Vetto.
Oldhem – Iversen, Xeymer, Edmundson, Klark, Missilu, Branjye, Layden, Maush, Nepomuseno, O`Greydi (Serridj, 60), Leng.
Ogohlantirishlar: Kebano (38), Odoi (62), Sessenon (76), Layden (83).

Preston – Donkaster 1:3 (0:1, 1:2)
Gollar: 0:1 – 5 Markvis, 1:1 – 56 Xyuz, 1:2 – 72 Anderson, 1:3 – 87 Uilks.
Preston – Krou, Stori, Xantington, Xyuz, Fisher, Ledson (Barker, 60), Djonson, Gallaxer, Barkxuzen, Berk (Braun, 46), Nmecha (Maguayr, 74).
Donkaster – Loulor, Endryu, Anderson, Batler, Krouford (Rou, 85), Uaytmen, Bler, Keyn, Mey (Koppindjyer, 64), Markvis, Uilks (Sadler, 89).
Ogohlantirishlar: Batler (2), Uilks (33), Ledson (38), Gallaxer (71), Endryu (77).

Milluoll – Hall 2:1 (0:0, 2:1)
Gollar: 0:1 – 52 Toral, 1:1 – 82 Fergyuson, 2:1 – 85 Fergyuson.
Milluoll – Archer, Pirs, Kuper, Romeo, Uolles (Uilyams, 63), Tannikliff (Morison, 63), Skalak (Fergyuson, 64), Leonard, Uolles, Elliott, O`Brayyen.
Hall – Long, Keyn, Mazux, Makkenzi, Lixay, Styuart, Milinkovich, Betti, Toral (Shif, 75), Martin, Diko (Lewis-Potter , 81).
Ogohlantirishlar: Mazux (84), Betti (90).

Mavzuga oid
Top