17:28 / 07.01.2019
8248

APL dekabr oyining eng yaxshi futbolchisini e'lon qildi

Foto: Getty Images

«Liverpul» klubi hujumchisi Muhammad Saloh Angliya Premer-Ligasida dekabr oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda Sky Sports xabar bermoqda.

O‘tgan oyda futbolchi 7ta o‘yinda maydonga tushib, 6ta gol urdi va 4ta golli uzatmani amalga oshirdi. Sovrin uchun kurashda Saloh «Tottenhem» hujumchisi Harri Keyn va «Chelsi» yarimhimoyachisi Eden Azarni ortda qoldirdi.

Ayni paytda «Liverpul» APL jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

Top