18:07 / 07.01.2019
9956

Osiyo Kubogi. Xitoy Qirg‘iziston ustidan irodali g‘alabaga erishdi

Foto: Twitter / @CSLfutbol

Birlashgan Arab Amirliklarida Osiyo Kubogi o‘yinlari davom etmoqda.

S guruhida Xitoy va Qirg‘iziston terma jamoalari bellashdi. 42-daqiqada Isroilov uzoq masofadan zarba yo‘llab, xitoyliklar darvozasini ishg‘ol etdi. 50-daqiqada darvozabon Matyash qo‘pol xatoga yo‘l qo‘yib, to‘pni o‘z darvozasiga kiritib yubordi. 78-daqiqada Yu Dabao darvozabon bilan yuzma-yuz chiqib, xitoyliklarga g‘alaba keltirgan golni urishga muvaffaq bo‘ldi.

Guruhning yana bir o‘yinida Janubiy Koreya va Filippin bellashadi.

Osiyo Kubogi
S guruhi, 1-tur
Xitoy – Qirg‘iziston 2:1
Gollar
: Matyash (50 avtogol), Yu Dabao (76) – Isroilov (42)
Xitoy – Yan Tszyunlin, Chjan Linpen, Lyu Yan, Shi Ke (Xao Tszyunmin, 46), U Si, Chi Chjungo, Chjan Chendun (Imin Lyu, 89), U Ley, Tszin Tszindao (Yuy Dabao, 24), Fen Syaotin, Gao Lin.
Qirg‘iziston – Pavel Matyash, Daniel Tagoe, Tamerlan Qo‘ziboyev, Valeriy Kichin, Qayrat Jirg‘alibek Uulu, Ahliddin Isroilov (Anton Zemlyanuxin, 61), Bekjon Sag‘inbayev, Edgar Bernxardt (Aziz Sidiqov, 82), Farhod Musabekov, Mirlan Murzayev, Vitaliy Lyuks (Ernst Batirxanov, 88).
Ogohlantirishlar: Qayrat Jirg‘alibek Uulu (57).

Top