10:40 / 07.01.2019
10924
PFL 2019 yilgi mavsum taqvimi rejasini taqdim qildi

Professional futbol ligasi 2019 yilgi mavsum uchun taqvim rejasini taqdim etdi. 

Bunda FIFA kunlari, Osiyo chempionlar ligasi musobaqasi va bayram kunlari inobatga olingan. Kuz fasliga qadar milliy terma jamoa va boshqa masalalarda qandaydir o‘zgarishlar yuz bermasa, taqvimda ham o‘zgarish bo‘lmaydi. 

Rejaga ko‘ra, 23 fevral kuni «Lokomotiv» va OKMK klublari o‘rtasida O‘zbekiston Superkubogi bellashuvi bo‘lib o‘tadi. Chempionat starti esa 1 mart sanasiga to‘g‘ri keladi.

Bu mavsumdan boshlab PFL o‘tish o‘yinlarini bekor qilib, uning o‘rniga PFL kubogini joriy qilmoqda. Bu musobaqa mart oyidagi FIFA kunlari arafasida start oladi. Unda Pro-liga V talablariga javob bergan futbol klublari ishtirok etadi. Musobaqada, shuningdek, o‘z hududining 2-liga bellashuvlarida zafar quchgan hamda yuqoridagi talabga javob bergan klublar ham qatnashishi mumkin. 

Pro-liga A va V guruhlari 1 apreldan e'tiboran start olishi ko‘zda tutilgan. Shunga qaramay, barcha ligalarda o‘yinlar dekabrga qadar yakuniga yetib ulguradi. Rejaga ko‘ra, Superligada so‘nggi ikki o‘rinni egallagan jamoa Pro-liga A guruhiga ravona bo‘ladi. 10-o‘rin egasi esa Superligada jon saqlab qolish uchun Pro-liga A guruhining uchinchi jamoasiga qarshi safar o‘yinida ishtirok etadi.

O‘zbekiston kubogining formati 2018 yildagi kabi qoladi. Unda finalgacha bo‘lgan barcha o‘yinlar faqat bitta uchrashuvdan iborat bo‘ladi. Raqiblar va mezbon klublar jonli efirda qur'a yordamida aniqlanadi. Kubok bellashuvlarida har uch liga vakillari ishtirok etishi mumkin bo‘ladi. Final 26 oktabr kuni bo‘lib o‘tadi. 

Futbol bo‘yicha 2019 yilgi O‘zbekiston Superligasi hamda mamlakat kubogi uchrashuvlarining taqvimi rejasi:

Superkubok – 23 fevral

1-tur — 1-2-3 mart

OChL — 4-5-6 mart

2-tur — 8-9-10 mart

OChL — 11-12-13 mart

PFL Kubogi 11 - 17 (26) mart

FIFA — 18—26 mart

3-tur — 29-30-31 mart

4-tur — 5-6-7 aprel

OChL — 8-9-10 aprel

5-tur — 12-13-14 aprel

6-tur — 19-20-21 aprel

OChL — 22-23-24 aprel

7-tur — 26-27 aprel

Kubok 1/32 – 30 aprel-1 may

8-tur — 3-4-5 may

OChL — 6-7-8 may

9-tur — 10-11-12 may

10-tur — 17-18-19 may

OChL — 20-21-22 may

11-tur — 25-26 may

12-tur — 31 may-1 iyun

FIFA — 3—11 iyun

13-tur — 14-15-16 iyun

OChL — 17-18-19 iyun

Kubok 1/16 – 19 iyun

14-tur — 21-22-23 iyun

OChL — 24-25-26 iyun

Kubok 1/16 – 26 iyun

15-tur — 28-29 iyun

Kubok 1/8 — 2-3 iyul

16-tur — 6-7 iyul

Tanaffus — 8-21 iyul

17-tur — 22-23 iyul

18-tur —  26-27 iyul

19-tur — 30-31 iyul

Kubok 1/4 — 3-4 avgust

20-tur – 11 avgust

21-tur — 14 avgust

Kubok 1/2 — 17-18 avgust

22-tur – 23 avgust

FIFA — 2-10 sentabr

23-tur – 12-13-14 sentabr

24-tur — 20-21 sentabr

25-tur — 24-25 sentabr

26-tur – 28-29 sentabr

27-tur – 2-3 oktabr

FIFA — 7-15 oktabr

28-tur — 19-20 oktabr

Kubok Final — 26 oktabr

29-tur — 29-30 oktabr

30-tur – 2-3 noyabr

31-tur – 7-8 noyabr

FIFA — 11-19 noyabr

32-tur – 23 noyabr

33-tur – 30 noyabr

Top