17:00 / 08.01.2019
30700

Natsukava Makgryegorga javob qaytardi

Foto: Koji Sasahara/ AP Photo

Yaponiyalik kikbokschi Tyensin Natsukava Twitter’da avvalroq o‘zi bilan jang o‘tkazish niyatida ekanini bildirgan aralash yo‘nalish (MMA) bo‘yicha irlandiyalik jangchi Konor Makgryegorga javob qaytardi.

Sportchi o‘zini nomini bilgani uchun Makgryegorga minnatdorchilik bildirdi. «Myen syening jang o‘tkazish niyatida ekaningni eshitib, faxr tuyg‘usini boshimdan o‘tkazdim», - dyeb yozgan Natsukava. Shuningdyek, uning qo‘shimcha qilishicha, jang kikboksing qoidalariga muvofiq, 58 kilogrammgacha bo‘lgan vaznda tashkil etilishi mumkin.

7 yanvar kuni Konor Makgryegor yaponiyalik kikbokschi Tyensin Natsukava bilan ko‘rgazmali jang o‘tkazish istagida ekanini ma'lum qilgandi. U bahsni 2019 yilning yozida o‘tkazishni mo‘ljallamoqda.

Natsukava va bokschi Floyd Meyvyezyer o‘rtasida boks qoidalariga ko‘ra tashkil etilgan ko‘rgazmali jang 2018 yilning 31 dyekabrida Tokio shahrida bo‘lib o‘tdi. Bahs birinchi raundda yakunlandi. Amyerikalik raqibini uch marta nokdaunga uchratdi, shundan so‘ng Nasukavaning jamoasi jangni to‘xtatishga qaror qildi. Qarama-qarshilik natijasi sportchilar rasmiy statistikasida qayd etilmaydi. 

Mavzuga oid
Top