16:17 / 08.01.2019
11384

O‘zbekistonda elektrotexnika sohasida SSSRdan qolgan standartlar bilan ishlanmoqda

O‘zbekistonda elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarishda sobiq Ittifoq standartlari qo‘llanilmoqda. Jahon bozoriga maishiy texnikalarni eksport qilish uchun esa, xalqaro tan olingan standartlarni qo‘llashni joriy qilish kerak. «O‘zeltexsanoat» uyushmasi raisi Alisher Abdullayev OAV vakillari bilan uchrashuvda shunday fikrlarni bildirdi, deb xabar qilmoqda Kun.uz muxbiri.

«Bizda, tan olish kerak, eski, Sovet ittifoqining chegaralanib qolgan standartlari bilan ishlayapmiz. Uzoq chet el davlatlarining standartlari hali bizda qo‘llanmaydi. Britaniya, AQSh va YeI standartlari bor. Biz shularni keng joriy qilib, ular asosida ishlashimiz kerak. Biz elektrotexnika mahsulotlarini jahon bozoriga olib chiqib, eksport qilmoqchi bo‘lsak, o‘sha standartlarni qo‘llamasdan turib bu maqsadga erisha olmaymiz. Boshqa yo‘l yo‘q», - dedi «O‘zeltexsanoat» uyushmasi raisi. 

Top