17:33 / 09.01.2019
37231

Moliya vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Foto: Moliya vazirligi axborot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 7 yanvardagi 4098-sonli qaroriga asosan G‘olib Oblaqulovich Xoljigitov O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligining direktori – O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

G‘olib Xoljigitov 1979 yilda tug‘ilgan, ma'lumoti oliy, moliyachi, iqtisodchi. 2001 yilda Shimoliy Arizona Universiteti (AQSh), 2004 yilda Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti va 2012 yilda Garvard Universitetlarini (AQSh) tamomlagan.

Moliya vazirligida ish faoliyatini 2001 yilda boshlagan. 2004-2011 yillarda Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi monopoliyaga qarshi siyosatni takomillashtirish ekspert guruhi rahbari, Markaz direktori vazifasini bajaruvchi va Markaz direktori. 2016-2018 yillarda «UBS Global Wealth Management» korporatsiyasining xususiy kapital va moliyaviy texnologiyalarni boshqarish masalasida avtomatlashtirish va robotlashtirish xizmatlarni joriy etish bo‘yicha loyihalar menejyeri (AQSh).

2018 yildan hozirgi kungacha G‘olib Xoljigitov «Bank of America Merril Lynch» korporatsiyasining moliyaviy texnologiyalar masalalari bo‘yicha loyihalar menejyeri (AQSh) lavozimida ishlagan.

Mavzuga oid
Top