10:59 / 09.01.2019
5497

Saloh qatorasiga ikkinchi yil Afrikaning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi

Foto: AFP / SEYLLOU

«Liverpul» hujumchisi Muhammad Saloh Afrikaning 2018 yilgi eng yaxshi futbolchisi sifatida taqdirlandi. Bu haqda Afrika futbol konfederatsiyasi xabar tarqatdi.

Salohga Dakarda o‘tkazilgan taqdirlash marosimida mukofot topshirilgan.

Saloh bu sovrin uchun raqobatda senegallik jamoadoshi Sadio Mane va «Arsenal»ning gabonlik hujumchisi Per-Emerik Obameyangni ortda qoldirgan.

Qayd etish kerakki, Saloh qatorasiga ikkinchi marta Afrikaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi, 2017 yili ham Mane va Obameyang kuchli uchlikdan joy olishgandi.

Ayni vaqtda 26 yoshda bo‘lgan Saloh 2018 yilda Angliya Premer-ligasida eng yaxshi to‘purar bo‘lgan, u 36 o‘yinda 32 gol urgandi. Joriy mavsumda esa 13 gol bilan to‘purarlar poygasida Obemeyang va Keyndan keyin uchinchi bo‘lib turibdi.

Top