08:33 / 09.01.2019
4213

Venesuela JSTga AQSh ustidan shikoyat qildi

Foto: AFP 2018 / Fabrice Coffrini

Venesuela Jahon savdo tashkilotiga (JST) AQShning savdodagi cheklov harakatlari bo‘yicha shikoyat bilan murojaat qildi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.

Agentlik ma'lumotiga ko‘ra, Karakas Vashingtonni Venesuelani «iqtisodiy jihatdan izolyatsiya qilishga» urinishda aybladi.

Ta'kidlanishicha, Venesuela hukumati AQShning savdodagi harakatlari Tariflar va savdo bo‘yicha Bosh bitimga hamda JSTning Xizmatlar savdosi bo‘yicha Bosh shartnomasiga zid kelishini bildirmoqda.

Shu bilan birga, Karakas Vashington bilan maslahatlashuvlar o‘tkazish haqida so‘ragan.

Avvalroq, AQSh Venesuelaga qarshi sanksiyalarni kengaytirgani xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval Venesuela Rossiya uchun strategik g‘alabaga aylangani ma'lum qilingandi.

Mavzuga oid
Top