15:19 / 09.01.2019
4467

YeI Eronga nisbatan terrorizmga qarshi sanksiyalarni kengaytirdi

Foto: AP

Yevropa ittifoqi Eronga qarshi sanksiyalar ro‘yxatini terroristik faoliyatda ayblovlar bilan kengaytirdi. Bu haqda Reuters xabar qilmoqda.

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, unga yana ikki jismoniy shaxs, shuningdek, Eron Razvedka vazirligining ichki xavfsizlik boshqarmasi kiritildi.

«Kengash tomonidan ro‘yxatning ushbu kengaytirilishi Yevropaga so‘nggi vaqtlarda kuzatilgan hujum qilishga urinishlarga javobdir», - deyiladi bayonotda.

Ta'kidlanishicha, cheklov choralari yana bir yilga uzaytirildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron AQSh sohillari yaqiniga jangovar kemalarini jo‘natishi xabar berilgandi.

Mavzuga oid
Top