11:11 / 10.01.2019
14714

Jyeff Bezos mashmashasi. Makkenzi Bezos endi dunyodagi eng boy ayolga aylanishi mumkin

Foto: Joshua Robers / Reuters

Bloomberg agentligi hisob-kitoblariga ko‘ra, Amerikaning Amazon kompaniyasi asoschisi Jyeff Bezos xotini Makkenzi Bezos ajrashish jarayonidan so‘ng dunyodagi eng boy ayolga aylanishi mumkin.

Agentlik taxminiga ko‘ra, Makkenzi Bezos ajrashganidan keyin 69 milliard dollar olishi mumkin.

Bloomberg Bezosning boyligini 137 milliard dollarga baholadi. Shu bilan birga, Forbes jurnaliga ko‘ra, u 150 milliard dollarga egalik qiladi.

Ayni vaqtda Bezos yoki uning vakillari er-xotin o‘rtasidagi mulkni taqsimlash jarayonini tartibga soluvchi shartnoma mavjud ekani haqida xabar berishmagan. Bloomberg tomonidan so‘ralgan tahlilchilar fikricha, ularning aktivlari ikkiga bo‘lib yuboriladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq dunyoning eng badavlat odami ajrashayotgani xabar berilgandi.

Mavzuga oid
Top