13:52 / 10.01.2019
10676

NATO Rossiya bilan barcha masalalarda muloqotga tayyorligini bildirdi

Foto: Chief Petty Officer Julian Carroll

NATO Rossiya bilan barcha masalalar, jumladan, o‘rta va kichik masofalarga mo‘ljallangan raketalarni yo‘q qilish  to‘g‘risidagi shartnoma bo‘yicha ham muloqotni qo‘llab-quvvatlashga tayyor.

Bu haqda alyans bosh kotibining siyosiy va xavfsizlik masalalari bo‘yicha yordamchisi Alexandro Alvargonsales ma'lum qildi.

"Biz barcha masalalar, xususan o‘rta va kichik masofalarga mo‘ljallangan raketalarni yo‘q qilish  to‘g‘risidagi shartnoma bo‘yicha Rossiya - NATO kengashi shaklida va boshqa maydonlarda muloqot o‘tkazishni davom ettirishimiz lozim", dedi u.
Shuningdek, Alvargonsales yaqin vaqt ichida Rossiya - NATO kengashining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazilishini ma'lum qildi.

"NATO turli masalalar bo‘yicha Rossiya bilan muloqotni qo‘llab-quvvatlashga doim tayyor. Rossiya - NATO kengashi yig‘ilishi tez orada bo‘lib o‘tishi kerak", dedi u.

Mavzuga oid
Top