01:05 / 10.01.2019
22901

Sobiq ittifoq oliy kengashining oxirgi raisi Anatoliy Lukyanov vafot etdi 

Foto: Gleb SHCHelkunov / «Kommersant'»

Sobiq ittifoq oliy kengashining oxirgi raisi Anatoliy Lukyanov 89 yoshda vafot etdi. Bu haqda uning qizi Yelena Lukyanova ma'lum qildi.  

Yelena Lukyanovaning aytishicha, uning otasi 9 yanvar Moskvada og‘ir kasallikdan keyin vafot etgan.

Lukyanov 1930 yil Smolenskda tug‘ilgan. 1943 yilda mudofaa zavodida ishlashni boshlagan. Maktabni urushdan keyin 1948 yilda tamomlagan. 1953 yilda MGUning huquqshunoslik fakultetini tamomlagan. 1950-yillardan boshlab hokimiyat idoralarida ishlay boshlagan. 

Lukyanov 1984 yilda sobiq ittifoq oliy kengashi deputatiga aylangan. 1990 yil martida Mixail Gorbachyov sobiq ittifoq prezidenti etib saylangach, Lukyanov oliy kengash raisi lavozimida uning o‘rnini egallagan. 1991 yilda GKChP ishida ishtirok etgan, shu sababli 29 avgustda hokimiyatni egallab olishga urinishdan keyin hibsga olingan. 1994 yilda GKChPning qolgan ishtirokchilari bilan birga amnistiya qilingan.   

Lukyanov sobiq ittifoqdan keyingi davrda ham Rossiya siyosiy hayotida ishtirok etgan. 1994 yildan 2000 yilgacha Rossiya Federatsiyasi kommunistik partiyasi (KPRF) markaziy qo‘mitasi prezidiumi tarkibiga kirgan.

Mavzuga oid
Top