8460.92 USD +2.76

9439 EUR -62.05

131.06 RUB +1.32

10760.6 GBP -234.16

15:55 / 11.01.2019 35749

Moskva Lukashenkoning tahdidiga javob qaytardi

Foto: RIA Novosti

Rossiya Belorussiya bilan strategik hamkorlikni rivojlantirishni shubha ostiga qo‘ymaydi. Bu haqda Rossiya TIV vakili Mariya Zaxarova ma'lum qildi, deb xabar berdi «Interfaks».

Zaxarovaning ta'kidlashicha, Belorussiya Rossiyaning «ishonchli ittifoqchisi va hamkori» hisoblanadi. 

«Bu mamlakatimiz tashqi siyosat konsepsiyasida mustahkamlab qo‘yilgan», dedi u.

Avvalroq Belorussiya prezidenti Aleksandr Lukashenko agarda neft sohasidagi soliqlar siyosatida kompensatsiya bo‘yicha kelishuvga erishilmaydigan bo‘lsa, Rossiya yagona ittifoqchisidan ayrilib qolishi mumkinligini aytgandi.

O‘tgan yilning dekabrida Lukashenko neft sohasidagi soliq siyosati oqibatida Belorussiya yaqin yillarda 10,5 milliard dollar yo‘qotishi mumkinligini bildirgan.

Top