11:13 / 11.01.2019
15445

OAV Bezoslar mojarosi bo‘yicha yangi ma'lumot berdi

Foto: Getty Images

Amerikaning Amazon kompaniyasi asoschisi Jyeff Bezos rafiqasi Makkenzi Bezos ajrashish jarayoni o‘z nihoyasiga yetganidan so‘ng eri mol-mulkining yarmini oladi. Bu haqda TMZ portali xabar bermoqda.

Nashrdan aytishlaricha, Bezoslar ajrashish uchun ariza topshirgan Vashington shtati qonunlariga binoan, birgalikda ishlab topilgan mulk er-xotin o‘rtasida teng ravishda taqsimlanadi. Bunga yagona to‘siq nikoh shartnomasi bo‘lishi mumkin, ammo TMZ ma'lumotlariga ko‘ra, Jyeff va Makkenzi o‘rtasida bunday kelishuv mavjud emas.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bloomberg agentligi hisob-kitoblariga ko‘ra, Jyeff Bezosning xotini Makkenzi Bezos ajrashish jarayonidan so‘ng dunyodagi eng boy ayolga aylanishi mumkin ekani xabar berilgandi.

Mavzuga oid
Top