08:28 / 11.01.2019
12423

Saudiya Arabistonida haydovchilik guvohnomasiga ega ayollar soni hisoblab chiqildi

Foto: Arabian Business

Saudiya Arabistonida ayollarga haydovchilik guvohnomasini olishga ruxsat bergan podshohlik farmoni kuchga kirganidan buyon, 40 mingdan ortiq shunday guvohnoma berildi. Bu haqda Saudi Gazette xabar qilmoqda.

Shuningdek, nashrdan aytishlaricha, Saudiya hukumati yaqin vaqt ichida mamlakatning turli tumanlarida ayollar haydovchilikka o‘qishi mumkin bo‘lgan 14ta maxsus markaz ochishni rejalashtirmoqda.

Saudiya Arabistoni hukumati ayollarga 2017 yil oxirida avtomobil haydashga ruxsat berdi. Tegishli farmon 2018 yilning yozida kuchga kirdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq saudiyalik ayollarga nikohlari buzilgani haqida sms-xabarlar jo‘natilishi xabar berilgandi.

Top