09:19 / 11.01.2019
5243

Xitoy 2019 yildagi birinchi sun'iy yo‘ldoshni orbitaga chiqardi

Foto: Sinxua

Xitoyning Zhongxin 2D telekommunikatsion sun'iy yo‘ldoshi orbitaga muvaffaqiyatli tarzda chiqarildi. Bu haqda «Sinxua» agentligi xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, sun'iy yo‘ldosh mahalliy vaqt bilan soat 01.11da Sichan kosmodromidan «Chanchjen-3V» raketa-tashuvchisi yordamida uchirildi.

Ushbu parvoz «Chanchjen» seriyasidagi raketa-tashuvchilar uchun 298-bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy kosmik apparati Oyning teskari tomoniga qo‘ngani xabar berilgandi.

Mavzuga oid
Top