12:10 / 12.01.2019
6641

Fabregas «Monako»ga o‘tdi

Foto: AS Monaco

«Chelsi» yarimhimoyachisi Fransesk Fabregas faoliyatini «Monako»da davom ettiradi.

31 yoshli futbolchi knyazlik klubi bilan 2022 yilgacha mo‘ljallangan shartnomani imzoladi.

Goal xabariga ko‘ra, «Monako» Fabregas transferi uchun «Chelsi»ga pul to‘lamadi va faqat bonus beradigan bo‘ldi.

Joriy mavsumda futbolchi APL doirasida 6ta o‘yin o‘tkazib, sermahsul harakatlarni amalga oshirmadi.

Fransiya chempionatida «Monako» 18 turdan so‘ng, 13 ochko jamg‘arib, 19-o‘rinni egallab turibdi.

Mavzuga oid
Top