15:24 / 12.01.2019
33621

Golni nishonlagan yosh bolakay ijtimoiy tarmoqlarda mashhur bo‘lib ketdi

Sevimli jamoasi uchun quvonayotgan yosh bolakay tasvirlangan video ijtimoiy tarmoqlarda qariyb ikki million marotaba tomosha qilindi. Rolik Sportbible’ning Twitter-akkauntida paydo bo‘lgan.

O‘yinni tomosha qilish vaqtida bolakay chapak chalgan, darvoza to‘riga kiritilgan to‘pdan so‘ng golni nishonlab, xona bo‘ylab yugurgan va qo‘lini tepaga ko‘targan. Bolakay Shotlandiya chempionatining «Reyndjers» — «Seltik» uchrashuvini tomosha qildi, unda mezbonlar 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Foydalanuvchilar yosh ishqibozning hissiyotlariga baho berishdi. «Agar mening jiyanim shu bolakayga o‘xshab sodiq ishqiboz bo‘lmasa, unda u mening hafsalamni pir qilgan bo‘ladi», - deya yozgan yuzerlardan biri. «Bu hissiyotli ishqiboz mening 10 yoshdagi paytimni eslatib yubordi, o‘shanda men hayotimdagi eng dahshatli qarorni qabul qildim va futbol tomosha qila boshladim», - deya munosabat bildirgan boshqa foydalanuvchi.

Mavzuga oid
Top