18:57 / 12.01.2019
6975

«Sevilya» Munir transferini e'lon qildi

Foto: Sevilla FC

«Sevilya» klubi «Barselona» hujumchisi Munir El-Xaddadi transferini e'lon qildi.

Andalusiyaliklar 23 yoshli futbolchi uchun 1,05 million yevro to‘laydigan bo‘lishdi. Bugun Munir tibbiy ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘tib, «Sevilya» bilan 4,5 yillik shartnomani imzoladi.

Joriy mavsumda Munir 7ta o‘yin o‘tkazib, 1ta gol urgan va shuncha golga hammualliflik qilgan. U «Barselona» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

Top