13:59 / 12.01.2019
9999

Ukrainalik general mamlakat NATOga qachon a'zo bo‘lishini aytdi

Foto: nato.int

Ukraina Qurolli kuchlari bosh shtabi boshlig‘ining sobiq o‘rinbosari, zaxiradagi general-leytenant Igor Romanenko mamlakat NATOga qachon kirishini ma'lum qildi. Bu haqda UNIAN xabar bermoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu 5-10 yildan keyin sodir bo‘ladi.

U harbiy alyans standartlariga erishish imkoniyatini «haqiqatga juda mos», deb atadi.

Igor Romanenkoning qo‘shimcha qilishicha, Ukraina armiyasini isloh qilish bo‘yicha ishlab chiqilgan reja 2020 yilga qadar yakunlashi lozim.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina Rossiya bilan 40ta kelishuvni bekor qilishga tayyorlanayotgani xabar berilgandi.

Mavzuga oid
Top