19:00 / 13.01.2019
16304

Osiyo Kubogi. Eng yirik hisob va ilk poker KXDR va Qatar o‘yinida ro‘y berdi

Osiyo Kubogining E guruhida ikkinchi turning yana bir uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Qatar KXDR darvozasiga 6ta gol yo‘lladi. Gollarning 4tasi qatarliklar hujumchisi Almuiz Ali hisobiga yozildi. Bualim Xuxiy va Abdulkarim Hassan bittadan golga mualliflik qilishdi.

Endilikda Ali turnir to‘purariga aylandi. U o‘tgan turda Livan darvozasiga ham bitta gol yo‘llagandi va endi uning hisobida 5ta gol mavjud.

Qayd etish kerakki, bu turnirdagi eng yirik hisob bo‘lib turibdi. Bungacha eng yirik hisob Eron va Yaman uchrashuvida qayd etilgandi (5:0).

Bu yirik g‘alabadan keyin Qatar muddatidan avval keyingi bosqichga yo‘l oldi, KXDR katta ehtimol bilan turnirni  erta tark etadi.

Bundan avvalroq ushbu guruhda Saudiya Arabistoni Livanni mag‘lub etib (2:0), nimchorak masalasini hal qilgandi.

Oxirgi turda Qatar va Saudiya Arabistoni terma jamoalari guruh g‘olibligi uchun maydonga tushishadi.

Osiyo Kubogi
Guruh bosqichi
2-tur
KNDR – Qatar 0:6
(0:3, 0:3)
Gollar: 0:1 – 9 Ali, 0:2 – 11 Ali, 0:3 – 43 Xuxiy, 0:4 – 55 Ali, 0:5 – 60 Ali, 0:6 – 68 Hassan.
KNDR – Ri Men Guk, Kim Son Gi (Ri Don Il, 77), Sim Xen Chjin, Kim Chxol Bom, Kim Gen Xun, Kim Yen Il (Ri Xek Chxol, 43), Li Il Chjin, Ri In Chxol, Chjon Il Gvan, Pak Kvan Ren, Rim Kvan Xek (Ri Yen Chjik, 63).
Qatar – Sa'd Al-Shib, Bassam Ao-Roviy, Abdulkarim Hassan (Akram Afif, 80), Pedru Korrea (Hamid Ismoil, 74), Bualim Xuxiy, Toriq Salmon, Abdulaziz Xotam, Assim Madibu (Ahmad Fotihiy, 71), Akram Afif, Almuiz Ali, Hassan al-Haydos.
Ogohlantirishlar: Hassan (7), Ri In Chxol (13), Chjon Il Gvan (17), Li Il Chjin (17), Kim Yen Il (39), Pak Kvan Ren (54).
Chetlatish: Chjon Il Gvan (90).

Top