15:42 / 14.01.2019
21124

«Chiroyli» avtoraqamlarning sotilishi budjetga 121,7 mlrd so‘m keltirdi

Foto: KUN.UZ

«Chiroyli» avtoraqamlarning sotilishi budjetga 121,7 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ keltirdi. Bu haqda Spot O‘zbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasiga tayangan holda xabar bermoqda.

Faqatgina yilning 11 oyi davomida birja onlayn-auksioni orqali umumiy miqdori 105,7 mlrd so‘m bo‘lgan 20 778ta avtoraqam sotildi. Har bir bitimning o‘rtacha qiymati 5,1 mln so‘mni tashkil etdi. Dekabrda 2 mingtadan ortiq avtoraqamlar 10 milliard so‘mdan ko‘proq miqdorda sotilgan.

Auksion orqali «chiroyli» avtoraqamlarni sotish 2017 yil sentyabrida boshlandi. O‘shanda yil yakunlari bo‘yicha savdolar hajmi 27,6 milliardni tashkil etgan.

Avtoraqamlarni auksionda sotishdan tushadigan mablag‘ning 80 foizi davlat budjetiga va 20 foizi - IIV Moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, xodimlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga yo‘naltiriladi.

Mavzuga oid
Top