08:41 / 14.01.2019
5201

Sudanda mudhish YTH: 14 kishi halok bo‘ldi

Foto: Depositphotos / Free2014

Sudan g‘arbida yo‘lovchi avtobusi ishtirokida yuz bergan mudhish YTH natijasida 14 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qilmoqda.

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, avtobus yo‘lda to‘xtab turgan yuk mashinasiga kelib urilgan.

Qayd etilishicha, avtohalokat Shimoliy Darfur va G‘arbiy Kordofan provinsiyalari o‘rtasidagi chegarada sodir bo‘lgan.

Shu bilan birga, jarohat olganlarning aniq soni hozircha noma'lum.

Hozirgi paytda politsiya ro‘y bergan hodisaning barcha tafsilotlarini aniqlashtirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fransiyada 20ga yaqin avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘lgandi.

Top