11:04 / 14.01.2019
7830
«Taxtlar o‘yini» so‘nggi mavsumining premyerasi sanasi ma'lum bo‘ldi
Foto: HBO

«Taxtlar o‘yini» mashhur teleserialining so‘nggi mavsumi 14 aprel kuni taqdim etiladi. Bu haqda YouTube’da e'lon qilingan serial tizerida aytilgan.

Kadrlarda Starklar oilasining qolgan a'zolarini ko‘rish mumkin.

Tizerda serial qahramoni Vinterfell yerto‘lasida o‘z haykallarini topadilar.

Avvalroq, «Taxtlar o‘yini»dan yangi seriyalarning ilk kadrlari internetda tarqab ketgani ma'lum bo‘lgandi.

Top